15 yildan oshiq yuqori
sifat

OOO «XO’JAOBOD FAZO» – 2006 yildan buyon faoliyat yuritayotgan mintaqadagi yetakchi to'qimachilik ishlab chiqaruvchilardan biri. O'tgan yillar davomida kompaniya jadal o'sish va rivojlanishni namoyish etdi va o'zini ishonchli va mas'uliyatli hamkor sifatida namoyon etdi. Ishlab chiqaruvchining muvaffaqiyatli faoliyati yuqori sifat standartlari, ishlab chiqarishda eng yangi texnologiyalarni qo'llash, ishonchli sheriklar bilan hamkorlik qilish, shuningdek mahsulot sifatini shartsiz nazorat qilish bilan bog'liq.

"XO'JAOBOD FAZO" MChJning vazifasi mahalliy to'qimachilik sanoatining eksport ulushini oshirish, respublikamizning xalqaro bozorda to'qimachilik mahsulotlarining yetakchi yetkazib beruvchisi maqomini yanada mustahkamlash, dunyo bo'ylab ko'proq odamlarga arzon narxlarda yuqori sifatli trikotaj mahsulotlarni taqdim etishdan iborat.
Tarix
2006-yildatashkil etilgan

OOO XO'JAOBOD FAZO - boy tarixga va o'zgarmas qadriyatlarga ega kompaniya. Ishlab chiqaruvchi 2006 yildan beri ishlab kelmoqda va hech qachon o'z texnologiyalarini takomillashtirish va mahsulot sifatini oshirishni to'xtatmaydi. Butun faoliyat davomida kompaniya ishlab chiqarish faoliyatining barcha sohalarida ishonchli hamkorlar orttirishga, logistika tizimini o'rnatishga, mahsulot ishlab chiqarish quvvatini yiliga 8 million tonnadan ortiq darajaga oshirishga, shuningdek, turli xorijiy hamkorlarning ishonchni qozonishga muvaffaq bo'ldi.

Afzalliklari

"XO'JAOBOD FAZO" McH ishlab chiqaruvchisining afzalliklari qatoriga mahsulotlarning sifati, faqat yuqori sifatli xom ashyo bilan ishlash, ilg'or ishlab chiqarish texnologiyalari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning to'qimachilik hunarmandchiligining xalqaro me'yorlari va standartlariga muvofiqligini to'liq nazorat qilish va ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlaridagi keng ko'lamli xizmatlar kiradi.

Bizning jamoamiz

“XO'JAOBOD FAZO” MChJ jamoasi to'qimachilik sanoati uchun raqobatbardosh mahsulot yaratish maqsadida mehnat qiluvchi mutaxassislardir. Ishlab chiqarishda umuman olganda 900 dan ortiq mahalliy kadrlar ishlashadi, ularning har biri to'liq fidoyilik va g'ayrat bilan mehnat qilishadi. Shuningdek, kompaniyada xalqaro tajriba ulashish va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish uchun taklif qilingan 5 nafar chet ellik mutaxassislar ham ishlashadi.

Top-menejment va ishlab chiqarish xodimlari uchun muntazam ravishda malaka oshirish va to'qimachilik sanoatidagi yangi texnologiyalar bilan tanishish uchun treninglar va seminarlar o'tkaziladi. Kompaniya jamoaning har bir a'zosini qadrlaydi va rag'batlantiradi, chunki xodimlarni rag'batlantirish kompaniyaning har tomonlama muvaffaqiyatli va barqaror gullab-yashnashining kalitidir.

Бурханов Рустамбек Учредитель
Кадиров Музаффарбек Менеджер
Бурханов Достонбек Управляющий
Базарбаев Жавохир Менеджер
Митхат Алтинсой График - дизайнер
Баят Экрем Специалист по производству
Vakillik

__ yilda "XO'JAOBOD FAZO" MChJ kompaniyasi chet ellik hamkorlar uchun eng qulay ish sharoitlarini yaratish maqsadida Rossiya Federatsiyasida (Moskva) birinchi rasmiy vakolatxonasini ochdi. Kompaniya bu bilan to'xtab qolmoqchi emas va yuqori salohiyatga ega boshqa mamlakatlarda rasmiy vakolatxonalarini ochishda davom etmoqchi.

Hamkorlik

“XO'JAOBOD FAZO” MChJ kompaniyasi turli mamlakatlar va shaharlar vakillari bilan hamkorlik qilish uchun ochiq, u qulay hamkorlik shartlarini taklif qiladi va mahsulotlarning doimiy yuqori sifatini kafolatlaydi.

Sertifikatlash

"XO'JAOBOD FAZO" MChJ to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi mahsulotlarning xalqaro sifat standartlariga muvofiqligini tasdiqlash uchun doimiy ravishda mahalliy va xalqaro darajadagi sertifikatlashdan o'tadi.

Ishlab chiqarish

“XO'JAOBOD FAZO” MChJning ishlab chiqarish qismi Turkiya, Germaniya, Xitoy va Yaponiya kabi mamlakatlarning eksklyuziv yuqori sifatli uskunalaridan foydalanganligi tufayli to'qimachilik sanoatining barcha xalqaro talablariga javob beradi.

Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvati kuniga 25000 tonna, oyiga 650.000 - 700.000 tonna va yiliga 8.000.000 tonnadan ortiq tayyor mahsulotni tashkil etadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga talab yuqoriligi va ishlash texnologiyalari muntazam takomillashib borishi munosabati bilan ushbu ko'rsatkichlar har yili oshib bormoqda.

Kompaniya mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun faqat yuqori sifatli xom ashyolardan foydalanadi, faqat ko'p yillar davomida o'zlarini ijobiy tomonlardan isbotlagan ishonchli yetkazib beruvchilarni tanlaydi.

Ta'minot geografiyasi

"XO'JAOBOD FAZO" MChJ ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yetkazib berishning keng geografiyasiga ega. Kompaniyaning hamkor mamlakatlari orasida Rossiya, Ukraina, Moldova, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Yevropa mamlakatlari bor. Ishlab chiqaruvchi logistika tarmog'ini muntazam kengaytirib boradi va xorijiy hamkorlarning barcha takliflariga ochiq.

Rossiya
Ukraina
Moldaviya
Qozog'iston
Qirg'iziston
Tojikiston
Evropa
Savol-Javob
Erkaklar, ayollar va bolalar uchun tayyor trikotaj mahsulotlari, hamda butun oila uchun katta o'lchamdagi kiyimlar
Bitta model uchun minimal buyurtma 3000-5000 dona
Tayyorlash muddati kamida 40-50 kun
Xorijiy hamkorlarga logistika bo'yicha yordam beramiz
Hamkorlar

Muvaffaqiyatli hamkorlik yillarida kompaniya o'zini ishonchli va mas'uliyatli yetkazib beruvchi sifatida namoyon etdi va ishlab chiqaruvchining hamkorlari soni muntazam kengayib bormoqda.

“XO'JAOBOD FAZO” MChJ kompaniyasi yangi hamkorlikka tayyor va har doim ikkala tomon uchun ham eng foydali va samarali takliflarni ko’rib chiqishga tayyor.